Oilalarni mustahkamlash va yoshlarni nikohga tayyorlash masalalari muhokama qilindi
2025-08-22 18:30:00 / Yangiliklar

Unda oilalarni mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, nikohlanayotgan shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda “Oila va xotin-qizlar maskanlari” faoliyatini samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda adliya, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab ta’limi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti mas’ullari ishtirok etdi.
Bugungi kunga qadar 184 ta tuman va shaharda “Oila va xotin-qizlar maskanlari” tashkil etilgan. Shuningdek, 2025 yilning 6 oyida 95 mingdan ziyod nikoh rasmiylashtirilib, 200 mingdan ortiq yosh tibbiy ko‘rikdan o‘tgani ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda “Oila va xotin-qizlar maskanlari” faoliyatini yanada kuchaytirish, nikohlanayotgan shaxslarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini takomillashtirish, tibbiy ko‘rik jarayoni samaradorligini oshirish, mas’uliyatli ota-onalik va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.